11:20 / 21.08.2020
8389

Navoiyda uxlab qolgan haydovchi yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIV

2020 yilning 7 avgust kuni soat taxminan 15:30larda Navoiy viloyati Nurota tumani hududidan o‘tgan 4R-55 avtomobil yo‘lining 94-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1963 yilda Samarqand viloyatida tugilgan fuqaro Z.B. o‘ziga tegishli “Damas” rusumli avtomashinani boshqarib kelib uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.

Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan yo‘lovchi R.N. og‘ir tan jarohati olib, hayotdan ko‘z yumdi.  

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top