08:14 / 22.08.2020
43638

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik G‘ayrat G‘aniyev Namangan viloyati Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar G‘.G‘aniyev Uychi tuman IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

podpolkovnik G‘ayrat G‘aniyev Axmadjanovich

Podpolkovnik Avazbek Xo‘jaxonov Namangan viloyati Uychi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Xo‘jaxonov Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

podpolkovnik Xo‘jaxonov Avazbek Ergashevich

Podpolkovnik Baxtiyor Najmiddinov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Najmiddinov Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

podpolkovnik Nadjimitdinov Baxtiyor Raximovich

Podpolkovnik Alisher Ashurov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Ashurov Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

podpolkovnik Ashurov Alisher Anvarjonovich
Mavzuga oid
Top