11:55 / 22.08.2020
12033

Toshkentda fuqaro mast holda avtomobil boshqarib YTH sodir etdi, bir kishi vafot etdi

YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Joriy yilning 20 avgust kuni soat 23:00larda, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan Sh.A. “Lasetti” rusumli transport vositasida mast holda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratuvchi bo‘lagida yoritish chiroqlari o‘rnatilgan temir simyog‘ochga urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 19 yoshli I.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi, 18 yoshli Sh.A. va yo‘lovchisi, 19 yoshli Q.K. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan mastlik holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top