19:12 / 23.08.2020
10111

Qamchiqda uchta yuk mashinasi ishtirokida ketma-ket avariya sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida ketma-ket avariya sodir bo‘ldi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, yo‘l transport hodisasi 22 avgust kuni Qamchiq dovonida, aniqrog‘i Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 247-kilometrida sodir bo‘lgan. Soat 16:00lar atrofida «MAZ» rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasidagi temir-beton to‘siqqa urilgan.

Bu vaqtda Isuzu rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi «MAZ» yuk avtomashinasining ortidan to‘qnashmaslik uchun avtomobilni olib qochmoqchi bo‘lgan, ammo old tomonida harakatlanib ketayotgan boshqa yuk avtomobiliga borib urilgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng FVVning Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv bo‘limi xodimlari voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarni avtomobillar ichidan chiqarib olgan.

Jarohatlangan haydovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilib, Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning salomatligi joyida.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 24 yoshli haydovchi Lacetti’da yuqori tezlikda harakatlanib daraxtga urilgan va voqea joyida vafot etgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qilishicha, voqea 2020 yil 21 avgust kuni sodir bo‘lgan. 1996 yilda tug‘ilgan B.O‘. Chirchiq shahridagi Kamolot ko‘chasida boshqaruvida bo‘lgan Lacetti’ning tezligini me'yoridan oshirgan va yo‘lning xavfli burilish qismiga yetganda boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urilgan.

Oqibatda 24 yoshli yigit og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil yo‘lovchisi 24 yoshli R.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top