08:21 / 24.08.2020
3750

«Damas» ichidan 10 mln so‘m o‘g‘irlab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2020 yil 21 avgust kuni Jomboy tumanida yashovchi, 1980 y.t. A. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

U 2020 yil 10 avgust kuni Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasidagi avtoturargohda o‘ziga tegishli bo‘lgan, qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi ichidan noma'lum shaxs 10.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini, noma'lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB JQG xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyat Jomboy tumani Lolazor MFYda yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan A. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, undan 9.372.000 so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.ga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top