17:29 / 24.08.2020
11742

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 35 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda bugun hozircha 296 bemor koronavirusdan tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 35 mingdan oshgani haqida xabar berdi. 

«Bugun ayni paytga qadar 296 bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, yurtimizda 35 ming 283 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Tuzalganlar (+296)

  • Toshkent shahrida 176 nafar;
  • Toshkent viloyatida 97 nafar;
  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 6 nafar;
  • Namangan viloyatida 5 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar.

Yangi holatlar (+210)
24 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 210taga o‘sdi va jami holatlar soni 39 ming 156taga yetdi.

  • Toshkent shahrida 180 holat;
  • Toshkent viloyatida 16 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 holat;
  • Andijon viloyatida 4 holat;
  • Navoiy viloyatida 3 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 2 holat.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha 4ta o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 277 nafarga yetdi.

  • Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak);
  • O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak);
  • Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak);
  • Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol) vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda 3 596 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top