14:36 / 25.08.2020
7197

Nukusda «Damas»ning poyezd vagoni bilan to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi tan jarohati oldi 

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 25 avgust kuni soat 08:00larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hududidan o‘tuvchi A380 avtomobil yo‘lining 767-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.B. “Damas” rusumli avtomobilni 6 nafar yo‘lovchi bilan boshqarib ketayotib, temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish qoidalarini buzishi oqibatida teplovoz tortib kelayotgan poyezd vagoni bilan to‘qnashgan.

Natijada, ushbu avtomobil haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 19 avgust kuni Andijon shahrida "Lasetti" haydovchisi temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilmaga urilgani haqida xabar berilgan edi.

“Barcha haydovchilardan temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top