22:41 / 25.08.2020
4230

«Tatariston kinosi kunlari»da «Sumbul» filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Tatariston poytaxti Qozon shahrida “Tatariston kinosi kunlari”ga start berildi. Uning ochilish marosimida o‘zbek-tatar kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sumbul” badiiy filmining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsulligi Kun.uz’ga ma'lum qildi. 

Taqdimot marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev O‘zbekiston va Rossiya, xususan, Tatariston o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivojlanib borayotganini qayd etdi. U bunday aloqalar ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishini ta'kidladi. 

“Sumbul” badiiy filmi o‘zbekistonlik kinorejissyor Rashid Malikov hamda uning tataristonlik hamkasbi Ramil Fazliyev tomonidan suratga olingan bo‘lib, filmni suratga olish jarayonlari O‘zbekistonning Buxoro shahrida hamda Tataristonda bo‘lib o‘tdi.

Zifa Qodirovaning «Sagynyrsyң — min bulmam» (Sog‘inganingda meni topolmaysan) asari asosida suratga olingan kinokartinaga o‘zbekistonlik Ulug‘bek Abdullayev prodyuserlik qilgan.

Mavzuga oid
Top