22:51 / 25.08.2020
9176

Yuliya Timoshenko o‘pkaga sun'iy nafas berish qurilmasiga ulangani xabar qilindi

Timoshenkoning matbuot kotibi Marina Sorokaning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Foto: AFP

«Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko o‘pkaga sun'iy nafas berish qurilmasiga ulandi, deb xabar bermoqda «RBK-Ukraina» o‘z manbalariga tayanib.

Nashrning ma'lumot berishicha, uning tana harorati 39 darajadan pasaymayapti.

Timoshenkoning matbuot kotibi Marina Sorokaning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

«Hozircha yaxshi xabar yo‘q. U kechadan buyon COVID’ni davolash protokoliga muvofiq intensiv davolash kursini olmoqda», — deb yozdi Facebook sahifasida.

Soroka Timoshenkoning kasallikka chalingani haqida 23 avgustda xabar bergandi. Shuningdek, siyosatchining qizi Yevgeniya va kuyovi Artur Chechetkinda ham virus aniqlangan.

«Batkivshchiny» yetakchisi qayerda davolanayotgani noma'lum.

Top