20:55 / 26.08.2020
16037

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Qayd etilishicha, sanksiyalar kiritilgan muassasalar kimyoviy va biologik qurol ustida ish olib borganlikda gumon qilinmoqda.

Foto: Reuters

Vashington Rossiyadagi beshta ilmiy-tadqiqot institutini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda AQSh savdo vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur muassasalar kimyoviy va biologik qurol ustida ish olib borganlikda gumon qilinmoqda.

Sanksiyalar ro‘yxatiga xususan, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda ishtirok etgan mudofaa vazirligi ilmiy-tadqiqot instituti ham kiritilgan.

Sanksiyalar shuningdek, 33-markaziy ilmiy-tadqiqot tajriba instituti, Kirov va Sergiyev Posaddagi 48-ilmiy-tadqiqot institutlari, Yekaterinburgdagi 48-ilmiy-tadqiqot instituti va organik kimyo va texnologiyalar ilmiy-tadqiqot institutiga nisbatan joriy etilgan.

Top