22:53 / 26.08.2020
10956

Dunyodagi eng tezyurar limuzin sotuvga qo‘yildi

Avtomobil tezligi olti soniya ichida soatiga yuz kilometrga yetishi mumkin, maksimal tezligi esa soatiga 270 kilometrni tashkil etadi.

Foto: Car sales

Avstraliyada dunyodagi eng tezyurar Ferrari 360 Modena limuzini 400 ming dollar narx bilan  sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Limuzin hajmli ovoz tizimi, yorug‘lik diodli yoritish tizimi, televizion ekranlar, «chag‘alay qanoti» uslubidagi eshiklar va bar bilan jihozlangan. U yorqin qizil rangda bo‘lib, saloniga o‘n kishi sig‘adi.

Avtomobil tezligi olti soniya ichida soatiga yuz kilometrga yetishi mumkin, maksimal tezligi esa soatiga 270 kilometrni tashkil etadi.

Limuzin o‘z toifasidagi eng tezyurar mashina va eng uzun Ferrari sifatida ikki marta Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan.

Superkar sotuvga qo‘yilguniga qadar soatiga 1390 dollar evaziga ijaraga berilgan. U shu kunga qadar 65 ming kilometr yo‘l yurgan.

Top