11:34 / 26.08.2020
39619

IIV tizimida 5ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra,

podpolkovnik Abduvohid Nayimovich Jalilov Buxoro viloyati Jondor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Jalilov Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Abduvohid Nayimovich Jalilov

Podpolkovnik Azizjon Rajabovich Ashurov Buxoro viloyati Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Ashurov Olot tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Azizjon Rajabovich Ashurov

Podpolkovnik Anvar Mamatovich Normamatov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Normamatov Qiziriq tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Anvar Mamatovich Normamatov

Podpolkovnik Elyor Urdushevich Ergashev Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar E.Ergashev Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Elyor Urdushevich Ergashev

Polkovnik Abduvosit Abdulhayevich Abdurazzoqov Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Abdurazzoqov IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil lavozimida xizmat qilgan.

Abduvosit Abdulhayevich Abdurazzoqov
Top