21:43 / 27.08.2020
22280

Bo‘stonliqda hokim bilan birga uchlik ham o‘zgardi

Bo‘stonliq tumaniga yangi prokuror, IIB va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi.

27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ahmedov hokim etib tayinlangani haqida xabar bergandik. Kun.uz manbasiga ko‘ra, tuman hokimi bilan birga sektor rahbarlari ham o‘zgargan.

Tuman prokurori vazifasiga O‘ktamjon Saidov tayinlandi. U O‘ktamjon Saidov 1973 yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan.

Shu paytga qadar O‘ktamjon Saidov Surxondaryo viloyati prokurori, Sherobod tumani prokurori, Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasiga Zarifjon Zokirov tayinlandi. U hozirgacha Davlat soliq qo‘mitasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Zarifjon Zokirov shu vaqtga qadar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq ma'muriyatchiligi bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasiga Sherzod Shermuhamedov tayinlandi. U 1977 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan.

Shu paytga qadar u Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid
Top