23:59 / 27.08.2020
30858

SSV: Koronavirusdan davolanayotganlar soni 3 mingdan kamaydi, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizga chiqdi

27 avgust kuni O‘zbekistonda 393 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 40 447 taga yetdi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabar qilinishicha, kun davomida 638 bemor sog‘ayib, 5 kishi vafot etdi. Tuzalganlar 37 200 nafar, qurbonlar 298 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda davolanayotganlar soni 3 mingdan kamayib, 2949 nafarga tushdi.

Yangi holatlar (+393)

Vazirlik xabariga ko‘ra, yangi holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida test topshirgan va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

  • Toshkent shahri – 241
  • Toshkent viloyati – 93
  • Samarqand viloyati – 27
  • Qashqadaryo viloyati – 15
  • Buxoro viloyati – 5
  • Andijon viloyati – 4
  • Navoiy viloyati – 3
  • Surxondaryo viloyati – 3
  • Farg‘ona viloyati – 2

Tuzalganlar (+638)

40 447 bemordan 37 200 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi birinchi marta 92 foizga yetdi.

  • Toshkent shahri – 458 nafar
  • Toshkent viloyati – 126 nafar
  • Samarqand viloyati – 18 nafar
  • Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari – 7 nafardan
  • Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari – 5 nafardan
  • Farg‘ona viloyati – 3 nafar
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati – 2 nafardan.

O‘lim holatlar (+5)

Besh kishi vafot etdi, ularning barchasi – erkaklar. Rasmiy statistikada qayd etilgan o‘limlar soni 298taga yetdi. O‘lim ko‘rsatkichi rasman 0,7 foiz bo‘lib qolmoqda.

  • Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak)
  • Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. (erkak)
  • Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G‘.H. (erkak)
  • Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. (erkak)
  • Qarshi shahrida yashagan 50 yoshli B.X. (erkak)

Ayni paytda davolanayotgan 2 949 bemordan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Top