08:31 / 28.08.2020
4061

Meksika prezidenti o‘z ismini savdo belgisi sifatida qayd etmoqchi

Foto: Global Look Press

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador va uning rafiqasi Beatris Guterres Myuller o‘z ismlari va ism-shariflari bosh harflarini savdo belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlashdi. Bu prezident va uning rafiqasi ismlarining reklama, savdo, biznesni boshqarish va ofis ishida qo‘llanishidan himoyalaydi.

Meksikaning sanoat mulki instituti hujjatlariga tayanib Universal nashrining xabar berishicha, “Andres Manuel Lopes Obrador” savdo belgisi faqatgina ta'lim, ko‘ngilochar xizmatlar sohasidagi davlat idoralari hamda sport va madaniy tadbirlardagina qo‘llanishi mumkin. 

Prezident o‘z ism-sharifining bosh hafrlari - AMLO (Andres Manuel Lopez Obrador) qisqartmasini qayd qilish uchun u bu qisqartmadan 1995 yildayoq foydalanishni boshlaganini ma'lum qilgan. Oxirgi 12 yil ichida AMLO savdo belgisini turli odamlar sport va ta'lim tadbirlarini o‘tkazish hamda spirtli ichimliklar markasi sifatida qayd qilish uchun bir necha marotaba urinishni amalga oshirgan.

Mavzuga oid
Top