08:25 / 29.08.2020
5773

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Afg‘oniston tashqi ishlar idorasi rahbari prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishga erishish yo‘lidagi faol qo‘llab-quvvatlashi hamda sa'y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

2020 yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Oliy darajadagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Afg‘oniston tashqi ishlar idorasi rahbari prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishga erishish yo‘lidagi faol qo‘llab-quvvatlashi hamda sa'y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori sur'atda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi ma'lumotda.

Top