08:06 / 29.08.2020
5005

Farg‘ona yo‘li ko‘chasi orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi

29 avgust soat 06:00 dan 18:00 ga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus va Qo‘yliq ota ko‘chalari oralig‘idagi qismi ta'mirlash ishlari munosabati bilan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, shu sababli ushbu ko‘cha orqali to‘liq va qisman harakatlanuvchi 14 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.

13t-sonli yo‘nalishning so‘nggi bekati vaqtinchalik H.Boyqaro ko‘chasidagi Bektemir tuman hokimligi bekatida tashkil etiladi. Yo‘nalish harakati Bektemir tuman hokimligi bekatidan ikki tomonlama H.Boyqaro ko‘chasi, Suvsoz mavzesi, Ohangaron yo‘li, Parkent, Maxtumquli, KHAY ko‘chalari orqali Toshkent vokzaligacha tashkil etiladi.

12-sonli yo‘nalish Qo‘yliq dehqon bozori bekatidan THAY, Uysozlar 3-tor, Quruvchilar, Uysozlar, Uysozlar 2-tor, Izzat, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Taraqqiyot 2-tor, Maxtumquli, KHAY, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda Boshliq mavzesigacha tashkil qilinadi.

15-sonli yo‘nalishning so‘nggi bekati vaqtinchalik Mo‘ynoq va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari chorrahasiga yaqin joylashgan Mo‘ynoq ko‘chasidagi 216-maktab bekatida tashkil qilinadi. Yo‘nalish harakati Mo‘ynoq ko‘chasidan, Izzat, Beshariq, Aviasozlar, Elbek ko‘chalari orqali Do‘stlik metrosigacha ikki tomonlama tashkil etiladi.

22-sonli yo‘nalish harakati vaqtinchalik Tolimarjon ko‘chasidagi “Elektroapparat zavodi” bekatida qisqartiriladi va ushbu yo‘nalish “Elektroapparat zavodi – Toshkent MUM” oralig‘ida harakatlanadi. 

26-sonli yo‘nalish harakati vaqtinchalik M.Ashrafiy ko‘chasidagi “Farg‘ona bozori” (Risovyy) bekatidan qisqartiriladi va ushbu yo‘nalish “Farg‘ona bozori – Yangiobod mavzesi” oralig‘ida harakatlanadi. 

37-sonli yo‘nalishning so‘nggi bekati vaqtinchalik Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi "Korzinka" bekatida tashkil etiladi. Yo‘nalish harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi "Korzinka" bekatidan boshlab Yangi Qo‘yliq, THAY, Qumariq ko‘chalari (Aeroport-3), Qumariq, A.S.Banokatiy, Sariko‘l, Turkiston, T.Shevchenko ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda Toshkent markaziy univermagigacha tashkil etiladi.

45-sonli yo‘nalish harakati ikki tomonlama THAYdan Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, ushbu ko‘chadagi 2-poliklinika bekati, Yangi Qo‘yliq, THAY ko‘chalari orqali Qo‘yliq dehqon bozorigacha tashkil qilinadi.

55-sonli yo‘nalishning harakati ikki tomonlama Toshkent quvur zavodidan Xonobod, Dadaxo‘jayev, THAY ko‘chalari, Aeroport-3, Qumariq, A.S.Banokatiy, A.Fitrat ko‘chalari, Farg‘ona bozori (Magnit supermarketi), Fitrat, Sariko‘l ko‘chalari orqali Istiqlol ko‘chasigacha o‘zgartiriladi.

61-sonli yo‘nalish harakati vaqtinchalik A.Fitrat ko‘chasidagi “Farg‘ona bozori” (Magnit supermarketi) bekatida qisqartiriladi va ushbu yo‘nalish “Farg‘ona bozori – Xalqaro aeroport-2” oralig‘ida harakatlanadi. 

68-sonli yo‘nalish harakati Qo‘yliq dehqon bozori bekatidan THAY, Uysozlar 3-tor, Quruvchilar, Uysozlar, Uysozlar 2-tor, Izzat, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Taraqqiyot 2-tor, Maxtumquli, S.Azimov, Istiqbol, Shahrisabz ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda Chorsu savdo markazigacha tashkil qilinadi.

81-sonli yo‘nalish harakati Qo‘yliq dehqon bozori bekatidan THAY, Uysozlar 3-tor, Quruvchilar, Uysozlar, Uysozlar 2-tor, Izzat, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Taraqqiyot 2-tor, Maxtumquli, KHAY, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda Gulobod ko‘chasigacha tashkil qilinadi.

93-sonli yo‘nalish harakati Qo‘yliq dehqon bozori bekatidan THAY, Uysozlar 3-tor, Quruvchilar, Uysozlar, Uysozlar 2-tor, Izzat, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Taraqqiyot 2-tor, Maxtumquli, S.Azimov, Istiqbol, Shahrisabz ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda Yunusobod 9-dahasigacha tashkil qilinadi.

106-sonli yo‘nalishning harakati vaqtinchalik Jarko‘rg‘on ko‘chasidagi “Jarqo‘rg‘on ko‘chasi” (Ulfat) bekatida qisqartiriladi va ushbu yo‘nalish “Xo‘ja mahallasi – Jarqo‘rg‘on ko‘chasi” oralig‘ida harakatlanadi.

127-sonli yo‘nalish harakati Aviasozlar, Beshariq, Izzat, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek, Taraqqiyot 2-tor, Maxtumquli, KHAY, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda Chilonzor 25-dahasigacha tashkil qilinadi.

Qayd etilishicha, ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 

Top