09:54 / 29.08.2020
104070

O‘zbekiston sentabr oyidan 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkin

“Sariq” hududdan keluvchi yo‘lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma'lumotnomasini taqdim etishi kerak.

O‘zbekiston Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston bilan sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunda epidemiologik vaziyat notinch bo‘lgan mamlakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo‘lovchilardan Covid-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimer zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgich ega deb topilgan ma'lumotnomani taqdim etish talab etiladi. 

Ma'lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi lozim.

“Sariq” hududdan keluvchi yo‘lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma'lumotnomasini taqdim etishi kerak.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top