12:28 / 31.08.2020
7198

Toshkentda mast haydovchining qoidabuzarligi bir insonning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi

YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 30 avgust kuni soat 00:30larda, Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan “Yalpiz” kafesi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan D.T. “Neksiya-3” rusumli avtomobil yoritish chiroqlarini o‘chirib, tezligini me'yoridan oshirib,  mast holda boshqarib ketayotib, ko‘prikka tushish joyida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli to‘siq bilan to‘silgan temir panjarani urib o‘tib, harakati davomida piyoda “Ko‘prik ta'mirlash” boshqarmasi ishchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, 1994 yilda tug‘ilgan A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan transport vositasini mast holda boshqarmasliklarini, tezlik me'yoriga amal qilishlarini, piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top