1 sentabr kuni dunyoning ko‘plab mamlakatlari maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kuni bo‘ldi. Covid-19 pandemiyasi tufayli maktab o‘quvchilaridan ijtimoiy masofaga rioya qilish talab etilmoqda.
Aksar maktablar tantanali ochilish marosimi o‘tkazishdan voz kechishdi.
Besh oylik tanaffusdan keyin yana ochilgan ko‘plab maktablarda o‘quvchilar ijtimoiy masofa saqlashi uchun maxsus belgilar chizilgan, o‘quvchilarning ko‘pchiligi tibbiy niqob taqqan holda o‘qishga chiqishgan.