16:33 / 01.09.2020
22018
Reklama

«To‘xtaniyoz-ota» mahsulotlariga O‘zbekistonda tashkil etilgan «Halol» mahsulotlar va xizmatlar idorasining ilk sertifikati berildi

SMIIC xalqaro standarti talablari asosida O‘zbekistonda tashkil etilgan «Halol» mahsulotlar va xizmatlar idorasining ilk muvofiqlik sertifikati berildi.

Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida mahsulotlar sifatini baholashda an'anaviy usullar bilan birga mahsulotlarning sifat ko‘rsatgichlari va havfsizlik jihatlariga ham alohida e'tibor qaratilib, xalqaro standartlar joriy etilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi bayrami arafasida, xalqaro standartlarga muvofiq ISO 9001 va 22000 standartlari bilan birga SMIIC xalqaro standartini joriy etgan «To‘xtaniyoz-ota» fermer xo‘jaligiga O‘zbekistonda SMIIC tashkiloti xalqaro standarti talablari asosida tashkil etilgan «Halol» mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasining ilk muvofiqlik sertifikati berildi.

Respublikamizdagi ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish korxonalarida SMIIC xalqaro standartini joriy etilishi mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, mahsulotlar eksportining to‘laqonli rivojiga to‘sqinlik qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish, mahsulot sifat ko‘rsatgichlari va havfsizlik jihatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Ma'lumot sifatida shuni ta'kidlash joizki, 2018 yil 2 oktyabrda mamlakatimizda «SMIIC Ustavi va Tartib-qoidalari ratifikatsiya qilish to‘g‘risida» O‘RQ-493-sonli Qonun qabul qilindi va 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilotga to‘laqonli a'zo bo‘ldi. O‘zbekiston Standartlar instituti huzurida «Halol» mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi tashkil etildi. SMIIC xalqaro standarti audit jarayonlari «O‘zstandart» agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlar idorasi va sohaga oid tegishli vazirlik, idoralaring ekspertlari tomonidan olib boriladi.

Hozirgi kunda SMIIC tashkiloti qoshida turli xil yo‘nalishlarda oid 18ta texnik qo‘mita mavjud bo‘lib, qo‘mitalar tomonidan 35ta standart ishlab chiqildi. Respublikamizda xam SMIIC tashkilotining «Halol» talablariga muvofiq 6ta davlat standartlar ishlab chiqilib qabul qilingan. SMIIC standartlari va Halol muvofiqlikni baholash bo‘yicha Turkiya, Malayziya, Eron, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirligi, Singapur va Saudiya Arabistonining xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Instagram: @toxtaniyoz_ota_uzb

Feysbuk: fb.com/toxtaniyozota

Telegram: t.me/Toxtaniyoz_Ota

Reklama huquqi asosida

Top