17:14 / 03.09.2020
30853

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 40 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda bugun hozircha 200ga yaqin bemor koronavirusdan tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 40 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

Bugun ayni paytga qadar respublikaning 6 hududida 198 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 40 ming 81 nafarga yetdi.

Tuzalganlar (+198)

  • Toshkent shahrida 115 nafar;
  • Toshkent viloyatida 51 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 17 nafar;
  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar.

Yangi holatlar (+148)
Bugun shuningdek 6 hududda tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 148 holat aniqlangan va shu vaqtgacha qayd etilgan jami holatlar soni 42 ming 688tani tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahrida 66 holat;
  • Toshkent viloyatida 57 holat;
  • Samarqand viloyatida 8 holat;
  • Namangan viloyatida 6 holat;
  • Andijon viloyatida 6 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 holat.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha Toshkent shahrida 2, Toshkent viloyatida 2 o‘lim holati qayd etildi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 333 nafarga yetdi.

  • Sergeli tumanida yashagan 77 yoshli A.M. (ayol);
  • O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 58 yoshli D.D. (ayol);
  • Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. (ayol);
  • Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. (ayol) vafot etdi.

Hozirda mamlakatimizda 2274 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top