16:35 / 04.09.2020
12904

Past Darg‘omda mast haydovchi urib ketgan IIB xodimi vafot etdi

Past Darg‘om tumanida mast holatdagi haydovchi uch kishini mashinada urib yuborgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar bermoqda.

Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati

Ular orasida tuman IIB profilaktika inspektori ham bo‘lgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qarmasdan, xodim shifoxonada vafot etgan.

Voqea joriy yilning 1 sentabr kuni soat 23:00 lar atrofida Past Darg‘om tumani «Olti qahramon» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Haydovchi tumanning «Qora suv» mahallasida yashovchi U.T. bo‘lib, u o‘ziga tegishli «Damas» rusumli avtomashinani spirtli ichimlik ta'sirida boshqargan.

Haydovchi avtomobil yo‘lining o‘ng tomon chetida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika katta inspektori, katta leytenant R.Boqiyev, fuqarolar M. va L.ni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. 

Oqibatda R.Boqiyev, M. va L. lar tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, R.Boqiyev shifoxonada vafot etgan.

Top