12:08 / 04.09.2020
15219

Toshkentda YPX katta serjanti YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi

Katta serjant Salim Umarov joriy yilning 1 sentabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohat olgandi.

Toshkentda YPX katta serjanti YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati brigadasi 2-bataloni 3-mobil guruhi inspektori katta serjant Salim Umarov joriy yilning 1 sentabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohat olgan.

U bugun, 4 sentabr kuni, soat 7:00da YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli uch kun davom etgan hayot uchun kurashdan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi xodimning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur ta'ziya izhor etgan. 

“Katta serjantning ortida uch nafar voyaga yetmagan farzandlari qoldi. Toshkent shahar IIBB xodimni unutmaydi, uning oilasiga doim yordam ko‘rsatiladi”, - deyiladi xabarda.

Top