16:40 / 05.09.2020
5410

Eronda yetti oylik tanaffusdan so‘ng o‘quv yili boshlandi

Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 15 mln nafar talaba va o‘quvchilarning ta'lim olishi sog‘liqni saqlash tizimi ishi kabi muhim hisoblanadi.

Foto: IRNA

Eronda maktab o‘quvchilari va talabalari bir necha oylik tanaffusdan so‘ng ta'lim muassasalariga qaytdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

"Mamlakatimizda ta'lim eng yomon vaziyat yuz berganida ham yopilmaydi", - degan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy videomurojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 15 mln nafar talaba va o‘quvchilarning ta'lim olishi sog‘liqni saqlash tizimi ishi kabi muhim hisoblanadi.

Ruhoniy ta'lim muassasalarida jiddiy himoya choralari amal qilishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Eronda bunga qadar masofadan o‘qitish usuli qo‘llanilayotgandi.

Eronda pandemiya boshlanganidan buyon 382 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, 22 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top