15:28 / 07.09.2020
10605

Davlat tashqi qarzi nimalarga sarflanayotgani ma'lum qilindi

2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning tashqi qarz qoldig‘i 17,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov O‘zbekistonning tashqi qarzlari sarflanayotgan asosiy yo‘nalishlarni sanab o‘tdi.

«1 iyul holatiga ko‘ra, tashqi qarz qoldig‘i 17,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Qarzning oshib ketayotganidan xavotirga tushayotgan hamyurtlarimiz uchun aytishim mumkinki, bu kreditlarning aksariyati xalqning hayotini yaxshilash maqsadida sarflanyapti.

Xususan, tashqi qarzdan 5,1 mlrd dollar energetika, 1,9 mlrd qishloq xo‘jaligi loyihalariga, suv va kanalizatsiya tarmoqlari uchun 2,2 mlrd dollar yo‘naltirilgan.

Budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 mlrd dollar ajratilgan», deya vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Odilbek Isoqov budjet defitsiti bo‘lishi tabiiy holat hisoblanishini ta'kidladi.

«Moliyalashtiriladigan loyihalardan tashqari ham budjet defitsiti bor. Budjet defitsiti bo‘lishi tabiiy. Budjetni profitsitda ushlab turish ham mumkin. Ammo bunda odamlarga, loyihalarga pul yetib bormaydi.

Pandemiya tufayli budjet defitsiti yuqori bo‘ldi, keyingi yillarda buni kamaytirish kerak bo‘ladi. Kamaytirishga esa budjet tushumlarini ko‘paytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash orqali erishiladi», dedi vazir o‘rinbosari AOKAdagi matbuot anjumanida.

Top