Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddilaridan iborat monitoring guruhlari tomonidan doimiy o‘rganishlar davomida yo‘lovchilar oqimi muntazam kuzatib borilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, mazkur kuzatishlar natijasidan kelib chiqib bugun – 7 sentyabrdan aksariyat avtobus yo‘nalishlarining harakat tarkibidagi transport vositalari turi o‘zgartirildi.
Xususan:
- erta tongdan 5A – “Feruza mavzesi – Gulobod ko‘chasi” yo‘nalishda qatnovchi Isuzu o‘rniga Saz LE 60.
- 60 – “Toshkent vokzali – Yunusobod-17 mavze” yo‘nalishdagi Mercedes-benz Isuzu rusumli avtobuslar harakatlana boshladi.
- 67 – “Yunusobod 19-mavze – xalqaro aeroport” yo‘nalishida endi Saz LE 60 o‘rniga Mercedes-benz.
- 83 – “Yunusobod-6 mavzesi – Ekskavator zavodi” yo‘nalishida esa Saz LE 60 emas Mercedes-benz rusumli avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat qila boshladi.
- 198 – “7-shahar shifoxonasi – Jismoniy tarbiya instituti” (Chirchiq) yo‘nalishida esa Isuzu o‘rnini Saz LE 60 rusumli o‘rta sig‘imli avtobuslar egalladi.