12:45 / 09.09.2020
33676

Asaka tumani hokimi yarim yil ichida ishdan olindi. Tumanga IIV xodimi yangi rahbar etib tayinlandi

Andijon viloyati Asaka tumani hokimi Inomjon Solijonovich Mamadaliyev ishdan ketdi.

Andijon viloyati hokimligi Asaka tumani hokimi lavozimiga Mansurbek Mamasidiqovich Alixanov tayinlangani haqida xabar berdi.

«Andijon viloyati hokimligi Alixanov Mansurbek Mamasidiqovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Mansurbek Alixanov 1984 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan, 2005 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. 

U 2006 yildan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan, 2018 yil iyulidan buyon Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Mansurbek Alixanov yangi lavozimda Inomjon Mamadaliyev o‘rnida ish boshlagan. Inomjon Mamadaliyev 2020 yilning martida Erkinjon Yakubov o‘rniga Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Inomjon Mamadaliyev

Hozircha uning ishdan olinishi sababi keltirilmagan.

Mavzuga oid
Top