10:14 / 10.09.2020
9670

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 45 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 230 kishida koronavirus aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 45 ming 160taga yetgani haqida xabar berdi.

Yangi holatlar (+230)
2020 yil 10 sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 8  hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 230 holat aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 150 holat;
  • Toshkent viloyatida 36 holat;
  • Samarqand viloyatida 16 holat;
  • Namangan viloyatida 9 holat;
  • Xorazm viloyatida 8 holat;
  • Buxoro viloyatida 5 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 5 holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 holat.

Shu vaqtgacha kasallik qayd etilgan bemorlardan 42 ming 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

O‘lim holatlari (+2)
So‘nggi 10 soat ichida yana ikki o‘lim holati qayd etilib, O‘zbekistonda rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 368taga yetgan.

  • Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol);
  • Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak) vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 2 580 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top