18:31 / 10.09.2020
6464

Yevroittifoq Buyuk Britaniyani sudga berishni o‘ylamoqda

 9 sentabr kuni Buyuk Britaniya hukumati yanvar oyida qabul qilingan YeIdan chiqish to‘g‘risidagi  kelishuvga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etgandi.

Foto: DPA

Yevroittifoq Londonning Brekzit to‘g‘risidagi kelishuvga bir tomonlama tartibda tuzatish kiritish rejasi sababli Buyuk Britaniyaga qarshi huquqiy amaliyot qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi AFP agentligi.

 Buyuk Britaniyaning rejasi Shimoliy Irlandiya to‘g‘risidagi protokol "mavjud bandlarining ochiqchasiga buzilishidir" deyiladi YeI mamlakatlari uchun chiqarilgan ekspertlar xulosasida.

Hujjatda qayd etilishicha, Yevroittifoq bunga javob sifatida Buyuk Britaniyani jarima to‘lashi uchun Yevropa sudiga berishi mumkin.  

9 sentabr kuni Buyuk Britaniya hukumati yanvar oyida qabul qilingan YeIdan chiqish to‘g‘risidagi  kelishuvga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Loyihaga ko‘ra, yil oxirida o‘tish davri tugaganidan keyin ham Shimoliy Irlandiyaga Britaniya ichki bozoriga "cheklovlarsiz kirish" imkoniyati beriladi.

 Yevroittifoq va Buyuk Britaniyaning Brekzitdan keyingi munosabatlar bo‘yicha muzokaralari avgust o‘rtalarida qaytadan boshlandi. YeI delegatsiyasi rahbari Mishel Barne 19 avgust kuni o‘zgarishlar "kelishuv bilan ham, kelishuvsiz ham" bo‘lishini, korxonalar ham, fuqarolar ham o‘zgarishlarga tayyorlanishi kerakligini aytgandi.

 

Mavzuga oid
Top