12:34 / 11.09.2020
12414

Namanganda «Kobalt» kanalga tushib ketdi, haydovchi voqea joyida vafot etdi

Avtomobil ag‘darilgan vaqtdagi kuch haydovchini mashinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan.

Joriy yilning 10 sentabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida YTH natijasida fuqaroning halok bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyat sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, keskin burilishda «Kobalt» avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil bir necha marta ag‘darilgan va yaqin atrofdagi «Namangan» kanaliga tushib ketgan. 

Avtomobil ag‘darilgan vaqtdagi kuch haydovchini mashinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, mashina salonida yana bir nafar ayol kishi bo‘lgan. U suv ostida qolgan mashinadan xavfsiz chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. 

Bildirilishicha, bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, tegishli amaliy choralar ko‘rildi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazildi. Mashina maxsus texnikalar yordamida kanaldan olib chiqilgan.

Mavzuga oid
Top