16:30 / 15.09.2020
4992

KDL «Swiss Lab» tomonidan ANTI-COVID aloqa markazi ishga tushirildi

KDL «Swiss Lab»ning ish faoliyati bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va diagnostika masalalariga qaratilgan.

Pandemiya sharoitida har bir bemor ro‘yxatdan o‘tishi va COVID-19 mavjudligi uchun PZR usulidagi tadqiqotga tahlilni topshirishi mumkin bo‘lgan yagona aloqa markazini ishga tushirishga qaror qilindi.

Biomaterialni olish faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali zaruriy choralarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, COVID-19 mavjudligi tadqiqoti uchun tahlilni KDL «Swiss Lab» tashrif xizmatidan foydalangan holda uyda yoki ish joyida topshirishingiz mumkin.

Aloqa markazi operatorlari bemorlarni COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari, Toshkent shahridagi MSKT diagnostika joylari va koronavirus infeksiyasining belgilari paydo bo‘lganda qanday yo‘l tutish lozimligi to‘g‘risida xabar berishga doimo tayyorlar.

Investitsiya loyihasi doirasida O‘zbekistonda COVID-19 mavjudligi uchun kuniga 4000 tadan ortiq laboratoriya ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan birinchi va yagona avtomatlashtirilgan laboratoriya ishga tushiriladi.

Aloqa markazi telefon raqamlari: 1238, 71-207-65-56

Reklama huquqi asosida

Top