11:15 / 16.09.2020
25328

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 

Joriy yilning 15 sentabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Vazirlik xabariga ko‘ra, sohaga doir vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda prezidentning qishloq xo‘jaligi sohasidagi berilgan topshiriqlari ijrosining borishi tahliliy muhokama qilindi

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. 

Maqsud Ro‘zmetov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining Yerlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Saidkamol Xo‘jayev qishloq xo‘jaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Shuhrat Mirzayev qishloq xo‘jaligi vazirining Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Botirjon Sulaymonov vazirning fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari - Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori etib tayinlandi.

Yig‘ilishda sohaga doir boshqa tayinlovlar ham amalga oshirildi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning fikrlari tinglandi, deyiladi ma'lumotda. 

Top