20:00 / 19.09.2020
10646
Reklama

Nima uchun mijozlar Assalom Do'rmon Yo'li TJMni tanlashlarining 7 sababi

Golden House kompaniyasi har bir mijozni alohida qadrlaydi va Assalom Do‘rmon Yo‘li turar joy majmuasi xonadonlarida qulay va shinam hayotni tanlayotgan mijozlar soni ortib borayotganidan faxrlanadi. Bugun biz nima uchun mijozlar aynan Assalom Do‘rmon Yo‘li turar joy majmuasini tanlashlarining 7 ta asosiy sababi haqida so‘zlab beramiz.

1. Nufuzli tuman. Bo‘lajak mijozlarimizga g‘amxo‘rlik qilgan holda, biz doim majmualarimiz uchun imkon qadar qulay joy tanlashga harakat qilamiz va bu safar Mirzo Ulug‘bek tumanini, Temur Malik va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari kesishmasini tanladik. Mirzo Ulug‘bek tumani shaharning eng nufuzli va xavfsiz hududlaridan biri hisoblanadi va o‘zining yorqin muhiti, ajoyib choyxonalari, savdo markazlari va diqqatga sazovor joylari bilan mashhur.

2. Manzilingiz har qachongidan ham yaqin. Hududda jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yilgan: turar joy majmuasining yaqinida avtobuslar va yo‘nalishli taksilar bekati, shuningdek, 10-sonli avtobus saroyi bo‘lib, ular orqali osongina shaharning istalgan joyiga yetib olish mumkin. Majmua aholisi uchun barcha muhim maskanlar – turli do‘konlar, maktablar, bog‘chalar, dorixonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish joylari yaqin atrofida joylashgan. Shuningdek, restoran va kafelar, tibbiyot klinikalari, savdo markazi, masjid va turli ko‘ngilochar maskanlar sizning xizmatingizda.

3. Yuqori sifat va zamonaviy texnologiyalar. Majmua qurilishida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda faqat sifatli qurilish materiallaridan foydalaniladi. Bino konstruksiyalari 9 baldan yuqori amplitudaga seysmik chidamli bo‘lgan mualliflik texnologiyasi asosida qurilgan. Shuningdek, bino fasadi uch qatlamli (tutib turuvchi, isitish qoplamasi hamda pardozlash) paneldan iborat bo‘lib, bu xonadonlar qishda iliq, yozda esa salqin bo‘lishini ta'minlaydi.

4. Bolalar uchun. Piyoda yurish masofasida bolalar bog‘chasi va maktablar borligiga qaramay, loyiha bo‘yicha turar joy majmuasi hududida zamonaviy umumta'lim maktabi va bolalar bog‘chasi qurilmoqda. Ularda farzandingizga sifatli ta'lim va tarbiya berish uchun barcha zarur jihozlar bilan ta'minlanadi va ularga malakali mutaxassislar jalb qilinadi. Bulardan tashqari, bolalar uchun o‘yingohlar va sport maydonlari ham tashkillashtiriladi.

5. Fayzli hovli. Majmuaning daraxtlar va gullar bilan bezatilgan fayzli ichki hovlisidagi o‘rindiqlarda yaqinlar bilan yig‘ilib, chiroyli suhbatlar uyushtirishingiz, yo‘laklarda farzandingiz bilan sayr qilishingiz mumkin.

6. Tayyor ta'mir. Sovg‘alar. Assalom Do‘rmon Yo‘li turar joy majmuasidan xonadon xaridorlari to‘liq ta'mirdan chiqqan tayyor xonadonni qo‘lga kiritadi. Bu vaqti va mablag‘larini ortiqcha sarflamay, darhol ko‘chib kelmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib imkoniyat. Qo‘shimcha ravishda qiymati 15 mln so‘m bo‘lgan sifatli va zamonaviy oshxona garnituri mutlaqo bepul taqdim etiladi.

7. Qulay xarid shartlari, chegirmalar, bonuslar, aksiyalar. Majmuadagi xonadonlar hamyonbop narxlarda va ularni xarid qilishning manfaatli shartlari mavjud (muddatli to‘lov va boshqalar). Bundan tashqari, kompaniya tomonidan taqdim etiladigan chegirmalar, aksiyalar va bonuslarning xilma-xilligi mijozlarni xursand qilmay qolmaydi. Oy oxirigacha esa xonadon xarid qilganingizda, qiymati 1.000.000 so‘mlik noyob «Maktab bozori» vaucheri sohibiga aylanasiz. Vaucher yordamida siz Home Market do‘konlaridan maktab buyumlarini xarid qilishingiz mumkin.

Siz ham Assalom Do‘rmon Yo‘li turar joy majmuasidan xonadon sohibiga aylaning va oilangiz bilan faol va baxtli hayot kechiring!

Batafsil ma'lumotlarni +99878-777-55-88 telefon raqami yoki assalomdormon.gh.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

Markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: «Novomoskovskaya» turar joy majmuasi.

Koll-markaz: +99878-150-11-11

Sayt: assalomdormon.gh.uz

Telegram: t.me/assalom_gh

Facebook: fb.com/assalom.gh

Instagram: @assalom.gh

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top