10:59 / 19.09.2020
10596

Simsiz Avalon changyutgichlari: ixcham va quvvatli

Qulaylik hammaga yoqadi. U Siz uchun ham muhim bo‘lsa kerak. Qulaylik ayniqsa uy yig‘ishtirishda o‘ta muhimdir. Uyni tozalash sizga yoqishi yoki yoqmasligidan qat'iy nazar, agar ishlatadigan maishiy texnikangiz qulay bo‘lsa, bu jarayon hatto rohat bag‘ishlashi ham mumkin.

Uyni ozoda saqlash uchun har safar hamma joyni yog‘ tomsa yalagudek qilib tozalash shart emas. Demak, og‘ir va azim changyutgichdan har safar foydalanish ham shart emas. Kundalik uy yig‘ishtirishning ancha yengil va qulayroq yo‘li mavjud – ixcham va simsiz Avalon AVL-VCC 4135 changtyugichi. Bu changyutgich qanday afzalliklarga egaligini bilishingiz bilan, sizda uni xarid qilish istagi paydo bo‘lishiga aminmiz.

Dizayn va rangi

Yangi changyutgich ko‘k va qizil ranglarda taqdim etilgan. Rangidan kelib chiqqan holda u AVL-VCC 4135 B (ko‘k) yoki AVL-VCC 4135 R (qizil) deb atalishi mumkin. Avvalambor changyutgich o‘zining futuristik tashqi ko‘rinishi bilan diqqatni jalb qiladi. Changyutgich ergonomik jihatdan puxta ishlangan: dastasi sifatli va ushlashga qulay. Tugmalari barmoqqa yaqin joylashgani sababli changyutgichdan foydalanish juda oson.

Ixchamligi, funksionalligi va quvvati

Changyutgichni birinchi bor ishga tushirganda, uning ixcham bo‘lishiga qaramay, yuqori quvvatga egaligiga lol qolishingiz aniq. Shu bilan birga uning energiya sarflash darajasi juda past va atigi 400 W ni tashkil etadi. Bu degani, u oddiy changyutgichdan deyarli besh marta tejamliroq, ammo ayni vaqtda uning so‘rish quvvati sezilarli darajada farq qilmaydi. Yangi changyutgich ikki tezlik tizimiga ega. Birinchi tezlikda siz divan va kreslo, karniz, mebel yoki avtomobilingizni tozalashingiz mumkin. Turbo tizimi esa xonalardagi gilamlarni tozalash uchun a'lo darajada to‘g‘ri keladi. Unda o‘rnatilgan akkumulyatorning quvvati 2500 mAh teng. Bu quvvat xonadonni tozalashga bemalol yetarlidir. Changyutgich ikkitalik siklonli filtr bilan jihozlangan. Filtrni joyidan yechib olish yoki tozalash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lozim bo‘lganda suvda chayib ishlatishdan avval yaxshilab quritsangiz bas.

Changyutgich cho‘tkasi valik shaklida yasalgan va kompozit tolalardan tashkil topgan. Cho‘tka o‘z vazifasini juda yaxshi bajaradi va yuzalardagi changni a'lo darajada tozalaydi. Aytish lozimki, cho‘tkalar bir nechta turda taqdim etilgan. Uzuni xonadonni yig‘ishtirishda ishlatilsa, kaltasi avtomobil salonini tozalash uchun a'lo darajada to‘g‘ri keladi. Foydalanish yanada qulayroq bo‘lishi uchun qo‘shimcha cho‘tkalar changyutgichning dastasida joylashtirilgan.

Yangi Avalon texnikasi klassik changyutgichlarning barcha afzalliklarini ixcham korpusda mujassam etgan. Avalon changyutgichi bilan hatto xonadonni yig‘ishtirish ham rohat baxsh etadi. Avalon – qulay texnika hashamatli hayot uchun.

Batafsil ma'lumot uchun:

Facebook: fb.com/avalon.uzbekistan

Instagram: @avalon_uz

Telefon raqami: +99898-000-49-00

Sayt: avalon.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top