11:42 / 21.09.2020
5604

Namanganda fuqaroni 1,6 mlrd so‘mga aldab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi  4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2018 yilning sentabr oyida 50 yoshli M.U. Namangan shahrida yashovchi 25 yoshli F.N.ga Namangan shahrida tibbiyot diagnostika markazi ochish niyati borligini, buning uchun F.N.ga tegishli bo‘lgan G‘irvonsoy ko‘chasida joylashgan 4 qavatli qurilishi tugallanmagan binoni sotib olmoqchi ekanligini, pullarni bankdan kredit olish yo‘li bilan to‘lashini hamda shu bino yerto‘lasida dorixona ochib, dori-darmon sotish bilan shug‘ullanish uchun F.N.ning o‘ziga berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, M.U. binoni 2,5 mlrd. so‘mga sotib olishga kelishib, F,N.ning ishonchiga kirib, uni aldab, bankdan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit uchun ajratilgan 2 mlrd. 500 mln., so‘m pullarni bankda fuqaro F.N.ning nomiga ochilgan plastik kartochkasi hisobiga tushirishga erishib, ushbu kartadan 900 mln. so‘m pullarni naqdlashtirib, F.N.ga bergan.

Qayd etilishicha, M.U. qolgan 1,6 mlrd. so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.   

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi  4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, M.U. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top