09:07 / 21.09.2020
5681

O‘zbekiston tayyor kiyim-kechak eksporti hajmini oshirdi

Joriy yilning 1 sentabr holatiga O‘zbekiston qiymati 336,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu yil 32ta davlatga tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston o‘tgan yilning 8 oyiga nisbatan eksport hajmini 89,1 million AQSh dollariga oshirgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya (178,3 mln.), Qirg‘iziston (120,9 mln.) va 12,3 mln. AQSh dollari bilan Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma'lumot o‘rnida, eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotining eng ko‘p ulushi Andijon (90,2), Toshkent (70,5), Namangan viloyatlari (49,8) va 39,7 mln. AQSh dollari bilan Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Top