09:14 / 21.09.2020
3538

Respublika bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 119,5 trln so‘mni tashkil etdi

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-avgust oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 119,5 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2,2 foizga kamaydi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 21,9 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 22,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 97,6 trln so‘mni (6,5 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 7,05 trln so‘mni (37,6 foizga kamaydi) tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahrida 22,4 foiz ulush bilan 26,8 trln so‘mni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Toshkent, Samarqand, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida o‘sish sur'atlari kuzatildi. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida 81,6 foiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga va 18,4 foiz yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 1,9 foiz ulush bilan 2,3 trln so‘mni tashkil etdi.

2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan respublikaning Xorazm (90,0 foiz), Surxondaryo (90,1 foiz), Namangan (93,3 foiz), Jizzax (94,2 foiz) va Farg‘ona (95,0 foiz) viloyatlarida chakana savdo tovar aylanmasining kamayish sur'atlari kuzatilib, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar Navoiy (100,4 foiz) va Samarqand viloyatlarida (100,7 foiz) qayd etildi.

Mavzuga oid
Top