15:27 / 21.09.2020
38880

Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, marhum diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan. U Yakkabog‘ tumani bosh imomi bo‘lish barobarida "Eski Qo‘rg‘on" jome masjidida imom-xatiblik qilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ulamoning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etgan.

KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Top