11:09 / 21.09.2020
45672

Yunusoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etgan

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqaldi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2020 yil 20 sentabr kuni soat 06:00larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubidan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha marotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

S.X. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Top