21:14 / 24.09.2020
5901

Afg‘oniston sharqida 60dan ortiq “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi

Foto: AP

Toliblar tunda Vazaxva tumanida hujum uyushtirgan. Kuch ishlatish tuzilmalarining javobi natijasida harakatning 65 jangarisi yo‘q qilingan,  35 jangari esa jarohatlangan.

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida o‘tkazgan operatsiyasi natijasida "Tolibon" harakatining kamida 65 nafar jangarisi o‘ldirildi, yana 35 nafari yarador bo‘ldi. Bu haqda viloyat politsiyasi vakiliga tayanib 1TV News telekanali xabar berdi.

Xabar qilinishicha, toliblar tunda Vazaxva tumanida hujum uyushtirgan. Kuch ishlatish tuzilmalarining javobi natijasida harakatning 65 jangarisi yo‘q qilingan,  35 jangari esa jarohatlangan.

Shuningdek, uch nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan, olti politsiyachi yaralangan.

Avvalroq Qatarda Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlangandi.

Top