12:18 / 24.09.2020
4183

NASA Oyga birinchi bo‘lib ayol fazogirni jo‘natmoqchi

Foto: NASA

AQShning NASA koinot agentligi Artemis fazoviy dasturi tafsilotlari bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, agentlik 2024 yilda Oyga dastlab ayol astronavtni, so‘ngra erkak astronavtni jo‘natmoqchi.

NASA ushbu dasturni amalga oshirish uchun Space Launch System (SLS) raketasini va Orion kemasini qo‘llamoqchi. Artemis dasturi uch bosqichdan tashkil topadi: dastlab 2021 yilda SLS’ning fazoga astronavtlarsiz sinov parvozi, so‘ngra 2023 yilda fazogirlar bilan birga Oy atrofida parvozi amalga oshiriladi. 3-bosqich doirasida 2024 yilda Oyga dastlab ayol fazogirning, so‘ngra erkak fazogirning chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, astronavtlar bir hafta davomida Oyda turli namunalar yig‘ishadi va bir qator ilmiy tajribalar o‘tkazishadi. So‘ngra ular Oy orbitasiga qaytib, Yerga Orion kemasi yordamida qaytishadi.

Butun dastur davomida robotlar va astronavtlar Oyda suv kabi zaxiralarni qidirish bilan shug‘ullanishadi. Bunday zaxiralar keyinchalik boshqa foydali zaxiralarga, misol uchun kislorod va yonilg‘iga aylantirilishi mumkin. Astronavtlar yangi ilg‘or texnologiyalar evaziga Oyda katta masofalarga sayr qilishlari va katta hududlarni tadqiq qilishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top