15:25 / 24.09.2020
5439

O‘zbekiston Germaniyaga 5,4 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi

O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 483,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 

Joriy yilning 1 sentabr holatiga O‘zbekiston Germaniyaga 5,4 mln. AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 722 ming AQSh dollariga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 483,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Bunda eksport 45,6 mln. va import hajmi 438,0 mln. AQSh dollariga teng.

O‘zbekistonning Germaniyaga eksporti tarkibi:

xizmatlar – 30,9 mln. AQSh dollari;
oziq-ovqat mahsulotlari – 5,4 mln.;
to‘qimachilik mahsulotlari – 4,5 mln.;
kimyoviy mahsulotlar – 2,4 mln.;
boshqa mahsulotlar – 2,4 mln.

Mavzuga oid
Top