07:29 / 25.09.2020
7605

AQSh eronlik kurashchi qatl etilishi bilan bog‘liq holda Tehronga qarshi sanksiyalar kiritdi 

Foto: AFP

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Ular 27 yoshli eronlik kurashchi Navid Afqariyning qatl etilishi bilan bog‘langan. Avvalroq kurashchining afv etilishini shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax so‘ragan edi.

AQSh moliya vazirligi Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga Shiroz va Mashhad shaharlari sudyalari Said Mahmud Saodatiyni va Muhammad Sultoniyni kiritgan. “Qora ro‘yxat”ga, shuningdek, Shirozdagi sud va uchta mahalliy turma kiritilgan.

AQShning Eron va Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abramsning ta'kidlashicha, Saodatiyga qarshi sanksiyalar aynan u Afqariyga o‘lim jazosini chiqargani uchun kiritilgan.

“Inqilob sudlari” deb ataluvchi bu sudlar AQShdagi haqiqiy sud tomonidan hech qachon tan olinmaydi. Ularning maqsadi – Eron rahbariyatining bo‘g‘uvchi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va ozodlik uchun kurashuvchi eronliklarni jazolashdir”, deb aytgan AQSh vakili.

Eronning yunon-rum kurashi bo‘yicha chempioni Navid Afqariy 12 sentyabrda Shirozdagi Odilobod turmasida qatl etilgan. Avvalroq u hukumatga qarshi aksiyalarda ishtirok etish, tuzumni ag‘darishga urinish va qotillikda aybdor deb topilgan.

Afqariyning o‘zi turmada qiynoqqa solinganini aytgan va aybini tan olmagan. 

Top