02:36 / 25.09.2020
8645

«Bavariya» qo‘shimcha bo‘limda urilgan gol evaziga 2-bor UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi «Bavariya» va Yevropa Ligasi chempioni «Sevilya» o‘rtasidagi UYeFA Superkubogida myunxenliklarning qo‘li baland keldi. 

O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Okamposning goliga Goretska javob berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida zaxiradan maydonga tushgan Xavi Martines nemis klubiga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa «Bavariya» o‘z tarixida ikkinchi bor UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

UYeFA Superkubogi

Bavariya – Sevilya 2:1
24 sentabr, Budapesht, «Pushkash-Arena»
Gollar: Goretska (34), Xavi Martines (104) – Okampos (13, penalti).

Bavariya – Noyyer, Alaba (Boateng, 112), Ernandes (Devis, 99), Pavar, Zyule, Myuller, Kimmix, Gnabri, Goretska (Martines, 99), Sane (Tolisso, 70), Levandovski.

Sevilya – Bunu, Eskudero, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Rakitich (Oliver Torres, 56), Jordan (Vaskes, 94), Suso (Gudel, 73), Fernando, Okampos, de Yong (En-Nesiri, 56).

Ogohlantirishlar: Alaba (12) Jordan (45+1), Kunde (55), Fernando (70), Ernandes (90+1),

Top