18:45 / 25.09.2020
25668

Toshkent shahri va ikki viloyatda bojxona boshqarmalari boshliqlari o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoyishiga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Jumladan, bojxona xizmati polkovnigi Tolibjon Bahodirovich Saidov Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasining sobiq boshlig‘i Botir Ahmadjonovich Dadamatov 2020 yilning iyulida ishdan olingandi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Qahramon Akbarovich Umarov Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Nodir Kamoliddinovich Musamuhammedov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Mavzuga oid
Top