18:04 / 26.09.2020
10974

Koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan 10ta turistik yo‘nalish nomi ma'lum qilindi

Maldiv iqtisodiyoti asosan turizmga bog‘liq bo‘lib, bu yerda turizmning YaIMdagi ulushi 38,9 foizga yetadi.

Maldiv / Foto: AP

 Ekspertlar koronavirus tarqalishi sababli turizm oqimi qisqarishi oqibatida iqtisodiyoti eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlarni aniqlashdi, deb yozadi Iordaniyaning Al Bawaba portali.

 Ular turizmning davlat YaIMdagi ulushi asosida reyting tuzishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Maldiv iqtisodiyoti asosan turizmga bog‘liq bo‘lib, bu yerda turizmning YaIMdagi ulushi 38,9 foizga yetadi.

Karib dengizida joylashgan Britaniya Virgin orollari turistlar uchun 19 martda yopilgandi. Bu yerda turizmning YaIMdagi ulushi 33 foizni tashkil etadi.

Makao budjetining 28 foizi turizm hissasiga to‘g‘ri keladi.

 Gollandiyaning Karib dengizidagi Aruba orolida koronavirus bilan bog‘liq 101ta holat qayd etilgan. Bu hudud YaIMning 27,6 foizini turizmdan oladi.

Tinch okeani janubida joylashgan Vanuatu oroli 26 martdan o‘z chegaralarini yopgandi. Bu yerda turizm YaIMning 18,1 foizini tashkil etadi.

Atlantika okeanidagi Kabo-Verde orolida turizmning YaIMdagi ulushi 17,7 foizga teng. Sent-Lyusiyada – 15,6 foiz, Belizda – 15, Fiji va Maltada esa 14 foizga yetadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top