21:00 / 28.09.2020
15138

Norov Tog‘li Qorabog‘dagi keskin vaziyat yuzasidan bayonot berdi

ShHT bosh kotibi tomonlarning tez vaqt ichida kuch qo‘llashni to‘xtatishi va muzokaralar jarayoni boshlanishiga umid bildirgan.

Foto: Sputnik

Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Tog‘li Qorabog‘ nizosi keskinlashganidan xavotir bildirdi.

«Tashkilot tomonlarning tez vaqt ichida kuch qo‘llashni to‘xtatishi va mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish tamoyili asosida muzokaralar jarayoni boshlanishiga umid bildiradi», - deyiladi ShHT bosh kotibi Vladimir Norov bayonotida.

Bundan tashqari, ShHT Ozarboyjon va Armaniston bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy ziddiyat yana tiklandi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e'lon qilingan.

Avvalroq Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi keskinlik bo‘yicha bayonot bergandi.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top