12:28 / 29.09.2020
31219

Bugundan boshlab O‘zbekistonda sug‘urtasiz avtomobillar jarima maydoniga qo‘yilmaydi

Prezident «Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi, shuningdek sug‘urta polisining haydovchi yonida bo‘lmasligi transport vositalarini ushlab turishga asos bo‘lmaydi.

Shuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish vaqtida undan turar joyidan ma'lumotnoma talab qilinishi bekor qilindi.

Top