19:15 / 29.09.2020
7118

Vaqf va unga bog‘liq hukmlarga doir risola nashrdan chiqdi

Foto: vaqf.uz

Vaqf xayriya jamoat fondi boshqaruv raisi Iskandar Xalilovning muallifligida «Vaqf va unga bog‘liq hukmlar» nomli risola nashrdan chiqdi. Ushbu risolada Islom fiqhida mulkchilikning alohida turi bo‘lgan vaqf va unga bog‘liq hukmlar ishonchli manbalar asosida bayon etilgan. Shuningdek, kitobda vaqfga oid ko‘p uchraydigan masalalar va ularning yechimlari haqida so‘z boradi. Bu haqda fondning Telegram kanalida xabar qilingan.

“Vaqfga doir hukmlar Islom fiqhida alohida o‘rganilgan. U qoidalar va dalillarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, bu mavzudagi fiqhiy hukmlarni tushunish alohida o‘rganishni talab etadi”, - deyiladi muallif so‘zboshisida.

O‘quvchi «Vaqf va unga bog‘liq hukmlar» kitobida “vaqfning ahamiyati qanday?”; “vaqf qilishning hikmati nima?”; “Islom tarixidagi birinchi vaqf?” kabi savollarga ham diniy, ham zamonaviy jihatdan aniq javoblar oladi.

Risola Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2050-sonli xulosasi bilan chop etilgan, deyiladi xabarda.  

Top